Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov tomonidan "O‘rmonbog‘" mahalla fuqarolar yig‘inida profilaktika inspektori Ganiyev Jasurbek Otabek o‘g‘lining xizmat faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda profilaktik tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan, "Xavfsiz mahalla" tamoyili asosida hududda 18 ta videokuzatuv kamerasi o‘rnatilib, ular ichki ishlar organlarining kuzatuv tizimiga ulanganligi qayd etildi. Bu esa mahallada jamoat tartibini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida mahalla hududida jinoyat sodir etilmagan, bu esa profilaktik ishlarning samarali tashkil etilganidan dalolat beradi.

Shuningdek, Ganiyev Jasurbek Otabek o‘g‘li mazkur lavozimda 3 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgani, aholi bilan yaqin hamkorlikda ishlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va mahallada osoyishtalikni ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borayotgani ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3