Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat nazorati:

Deputat nazorati:
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Saidova tomonidan Novqa mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish davomida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar muammolarini hal etish, yosh qizlarni ta’lim va bandlikka yo‘naltirish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullar axboroti tinglandi.
Nazorat-tahlil tadbirlari mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish,aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2