Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Murod Avliyo jome masjidi qurilishida navbatdagi muhim bosqich boshlandi.

Tadbirda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Nosir Bagirov faol ishtirok etib, masjid qurilishiga munosib hissa qo‘shayotgan tashabbuskorlardan biri sifatida qurilishning yangi bosqichini boshlab berish jarayonida qatnashdi.

Shuningdek, qurilish ishlarida faol qatnashib kelayotgan mas'ullar, jamoatchilik vakillari hamda mahalla faollari ishtirokida birinchi g‘ishtlarni qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ta'kidlanganidek, mazkur bunyodkorlik ishlari mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda hududning ijtimoiy hayotini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, bunyodkorlik jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash hamda jamoatchilik bilan hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2