Янгиликлар

Fuqaro murojaati deputat e’tiborida

#24_ta_masala

Fuqaro murojaati deputat e’tiborida

👨‍💼Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati R.Djurayevga Kadan mahallasi aholisi tomonidan elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaat kelib tushdi. Murojaat yuzasidan hududga chiqib, mavjud holat joyida o‘rganildi.

💡O‘rganish davomida mahalladagi eskirgan transformator uzoq yillar davomida foydalanilgani sababli quvvat yetishmovchiligi yuzaga kelayotgani aniqlandi. Shuningdek, aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida transformatorni ta’mirlash hamda qo‘shimcha yangi transformator o‘rnatish zarurligi qayd etildi.

⌛Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram