#kengash_raisi
#24_ta_masala
👨💼Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi raisi D.Ubaydullayev tomonidan “Charog‘on” mahallasida joylashgan 14-DMTTga murojaat yо‘llagan ota-onalarning muammo va takliflari о‘rganildi.
✅О‘rganish jarayonida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni sifati hamda muassasadagi mavjud muammolar yuzasidan ota-onalar bilan muloqot о‘tkazildi.
✅Shuningdek, 14-DMTT hududining obodonlashtirish holati, sanitariya talablariga rioya qilinishi va bolalar uchun yaratilgan qulayliklar ham kо‘zdan kechirildi.
✅Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda muassasadagi shart-sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar berildi.
🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram