O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi Qonuni 2017-yil 14-avgustda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 24-avgustda Senat tomonidan ma’qullangan. Mazkur qonun tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali mexanizmlarini belgilab berdi.
💠 Qonunga muvofiq, Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman) tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olish, ularni himoya qilish hamda davlat organlari tomonidan qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
💠 Vakil o‘z faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshiradi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning huquqlarini tiklash hamda qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish vakolatiga ega.
🫥 Ushbu qonun mamlakatimizda qulay biznes muhitini yaratish, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
🕊Telegram💬Facebook🌐E-kengash📸Instagram ▶️YouTube