Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 6-"Bog‘chilik" saylov okrugidan saylangan deputati X. Israilova tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🏫 Jumladan, bog‘chalarda bahor mavsumida isitish tizimining holati o‘rganildi.
🔥 O‘rganish davomida bog‘chalardagi issiqlik ta’minoti, isitish tizimlarining ishlashi va bolalar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
🔍 Asosiy maqsad — bolajonlarimizning bahor mavsumida iliq va qulay sharoitda tarbiyalanishini ta’minlash.
✅ Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilanmoqda.
👶 Bolalarimiz uchun xavfsiz va iliq muhit yaratish — eng ustuvor vazifalardan!