Xalq deputatlari Qorabog‘ mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalladagi yo‘l infratuzilmasining holati, asfaltlash ishlarining sifatli bajarilganligi hamda aholi uchun yaratilgan qulayliklar diqqat markazida bo‘ldi. Xususan, yangi barpo etilgan piyodalar yo‘lakchalari holati ko‘zdan kechirilib, ularning xavfsizlik talablariga mos ravishda tashkil etilgani qayd etildi.
Shuningdek, mahalla hududidagi obodonlashtirish ishlari natijasida fuqarolar uchun qulay harakatlanish imkoniyatlari kengaygani, yo‘l infratuzilmasi yaxshilanib borayotgani ta’kidlandi.
Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar aholining turmush sharoitini yaxshilash va xavfsiz piyoda harakatini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida qayd etildi