Xalq deputatlari viloyat Kengashining 35-Qorliq saylov okrugidan saylangan deputat J.Pardayevning yordamchisi T.Abdullayev, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, O‘zMTDP tuman Kengashi raisi A.Mamatmuratov, O‘zLiDeP tuman Kengashi raisi J.Hayitov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari ishtirokida “Bibizaynab” mahalla fuqarolar yig‘inida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida mahalla yettiligi tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoya, bandlikni ta’minlash, obodonlashtirish va profilaktika yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube🌐oltinsoy.uz