Янгиликлар

Xotin-qizlar faoliyati deputat e’tiborida.

Xotin-qizlar faoliyati deputat e’tiborida.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 19-Farovon saylov okrugi deputati Mamatmirzayeva Raxima tomonidan Farovon mahallasida xotin-qizlar faoli Munojat Mamataliyevaning faoliyati o‘rganildi.O‘rganish jarayonida mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, muammolarini aniqlash va manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash, ularga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam, kasb-hunarga o‘qitish, daromad manbalarini yaratish hamda oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash yo‘nalishlaridagi faoliyat yuzasidan batafsil ma’lumotlar olindi.

Deputat tomonidan xotin-qizlar manfaatlarini ta’minlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, bandligini oshirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1