O‘rganish davomida mahalla hududidagi og‘ir yuk avtomobillarining muntazam harakatlanishi oqibatida ayrim ichki yo‘llarda yuzaga kelgan nosoz holatlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
Deputat tomonidan aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar vakillari bilan muhokama o‘tkazilib, yo‘llarni ta’mirlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda og‘ir yuk transportlari harakati bilan bog‘liq masalalarni tartibga solish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan murojaat qilindi.
Mazkur masala deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilishi hamda yo‘llarning me’yoriy holatini tiklash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar nazorat ostiga olindi.