Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

#24_ta_masala #DEPUTATLIK_NAZORATI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Mamatmuratov, O‘zEP tuman Kengashi raisi B.Eshanqulova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari ishtirokida “Qoratepa” mahallasi aholisi tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari, xususan, ekilgan archalarni parvarishlash va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat bilan tanishildi.

Tashrif davomida hududdagi yashil maydonlarni kengaytirish, daraxt va butalarni asrab-avaylash, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mazkur tashabbus atrof-muhitni muhofaza qilish, hududlarni yanada obod va ko‘rkam qilish hamda kelajak avlod uchun sog‘lom ekologik muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda.


✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube🌐oltinsoy.uz

Slide 1 of 3