Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputatlar sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib bordi.
янв.21
“MAHALLA LIGASI” – AQL VA MAHORAT MAYDONI!
янв.21
OLTINSOY TUMANIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA IJTIMOIY INFRATUZILMA HOLATI DEPUTATLAR NAZORATIDA.
янв.21
OLTINSOY TUMANIDA DEPUTATLIK NAZORATI: MUAMMOLAR VA INFRATUZILMA LOYIHALARI O‘RGANILDI.
янв.21
#24_ta_masala #DEPUTATLIK_NAZORATI
янв.21
#24_ta_masala #DEPUTATLIK_NAZORATI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATINI AMALGA OSHIRISHDA MUHIM HUQUQIY ASOS
янв.21
🌿 “QORATEPA”DA DEPUTAT NURONIYLAR — EZGULIK VA HAMJIHATLIK TAYANCHI 🌿
янв.21
#24_ta_masala #DEPUTATLIK_NAZORATI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 6 avgustdagi 486-son qarori bilan mahallalarda aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va ularni hal etish tizimi yanada takomillashtirildi.
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Muboraka Hosilova Samarqand davlat universiteti huzuridagi Ilmiy-amaliy davlat muzey laboratoriyasida bo‘ldi.

Muzey laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan universitetning tashkil topish tarixi, turli davrlarda faoliyat yuritgan rahbarlar, professor-o‘qituvchilar hamda ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olimlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, universitetda faoliyat olib borgan taniqli akademiklar, professorlar va ustozlarning ilmiy merosi, ularning respublika va xalqaro miqyosdagi yutuqlari yuzasidan fikr almashildi.

Muzey fondida saqlanayotgan tarixiy hujjatlar, qo‘lyozmalar, fotosuratlar hamda universitet hayotiga oid eksponatlar deputatda katta taassurot qoldirdi.

Uchrashuv davomida yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, tarixiy merosni asrab-avaylash, buyuk allomalar va ustozlarning ilmiy faoliyatini keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat ilm-fan va ta’lim rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan professor-o‘qituvchilar hamda muzey laboratoriyasi jamoasining faoliyatini yuqori baholab, kelgusida ham bu yo‘nalishdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

🇺🇿 Tarixni bilgan avlodning kelajagi porloq bo‘ladi. Ajdodlar merosini o‘rganish va uni yoshlar ongiga singdirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

Slide 1 of 3