Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

“Qahramon” MFY faoliyati o‘rganildi

“Qahramon” MFY faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov 7-Qahramon saylov okrugi deputati S. Xakimov bilan birgalikda “Qahramon” mahallasida “yettilik” faoliyati hamda mahalla tizimidagi ishlar holatini o‘rganishdi.

O‘rganish jarayonida mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi muammolarini hal etish, murojaatlar bilan ishlash hamda hududni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullar tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini oshirish hamda mahalla tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4