Murojaat ijrosi nazoratda
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi deputati, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Sh.Norsayev hamda bosh mutaxassis T.Murodov Namuna mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv davomida kelib tushgan murojaat yuzasidan Termiz tumani Irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i bilan birgalikda o‘rganishlar olib bordi.
O‘rganish jarayonida murojaatda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amaliy ishlar boshlab yuborilgani aniqlandi. Xususan, hududdagi suv ta’minotini yaxshilash va suv oqimini ta’minlash maqsadida zovurlarni qazish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur murojaat ijrosi deputat tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, belgilangan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan monitoring ishlari davom ettirilmoqda.
Aholi murojaatlarini hal etish va hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilmoqda.