“GULSAROY” MAHALLASIDA III CHORAK: “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI RAQAMLARDA
📍 “Gulsaroy” mahallasida 2026-yilning III choragi davomida aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bilan ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘maklashish borasida qator ishlar amalga oshirildi.
Mahalladagi “Yettilik” a’zolari okrug deputati Dilorom Axmedovaga hisobotlarini taqdim etdi. Xususan, hisobot davridagi faoliyati asosiy ko‘rsatkichlar va natijalar misolida:
🏘 MAHALLA RAISI — V. Gadiyev:
Mahallada 1 007 ta xonadon, 1 269 ta oila va 3 327 nafar aholi istiqomat qiladi. 30 yoshdan yuqori ayollar soni 629 nafarni tashkil etadi.
▪️ Fuqarolardan kelib tushgan 21 ta murojaatning barchasi ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etildi yoki tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.
💼 HOKIM YORDAMCHISI — F. Xudoyberganov:
Aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish yo‘nalishida:
▪️ 2 nafar fuqaroga imtiyozli bank kreditlari ajratilishiga ko‘maklashildi;
▪️ 10 nafar fuqaroning o‘zini o‘zi band qilishi ta’minlandi;
▪️ 2 nafar yosh kasb-hunar o‘rganish uchun bepul 3 oylik kurslarga yo‘naltirildi;
▪️ 2 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlandi;
▪️ Ish o‘rinlari yarmarkalari orqali yana 2 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi.
👥 YOSHLAR YETAKCHISI — B. Telyakov:
Yoshlarning bandligini ta’minlash, ta’lim olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.
▪️ 10 nafar yoshning ishga joylashishiga ko‘maklashildi;
▪️ “Yoshlar daftari”dagi 3 nafar fuqaroga moddiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish ishlari olib borildi;
▪️ Probatsiya nazoratida bo‘lgan 1 nafar fuqaroning probatsiya hisobidan chiqarilishi va doimiy ish bilan band qilinishiga ko‘maklashildi;
▪️ 28 nafar maktab o‘quvchisining ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishi ta’minlandi.
Shuningdek, “Yoshlar balansi” shakllantirilib, sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar va kasb-hunar kurslari tashkil etildi.
✨ XOTIN-QIZLAR FAOLI — N. Abdullayeva:
Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va oilaviy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha:
▪️ “Ayollar daftari”ga kiritilgan 216 nafar xotin-qiz bilan ishlash olib borildi;
▪️ 27 nafar ayolning kasb-hunar kurslarida tahsil olishiga amaliy yordam ko‘rsatildi;
▪️ 158 nafar ayol chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi;
▪️ 31 nafar ayolga huquqiy tushuntirishlar berildi;
▪️ 19 ta nizoli oilada kelishmovchiliklarning oldini olish maqsadida targ‘ibot va psixologik maslahatlar tashkil etildi;
▪️ “Ayollar daftari”dagi 8 nafar ayolning Bo‘stonliq tumanidagi “Levinston” dam olish maskanida madaniy hordiq chiqarishi tashkil etildi;
▪️ 100 dan ortiq oilaga oziq-ovqat va moddiy yordam ko‘rsatildi.
🛡 PROFILAKTIKA INSPEKTORI — N. Hasanov: Mahallada huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida tizimli profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.
▪️ “Qizil” va “sariq” toifadagi xonadonlar bilan manzilli profilaktik ishlar olib borildi;
▪️ Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar kuchaytirildi.
🤝 IJTIMOIY XODIM — A. Abdusattorov:
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning munosib turmush sharoitini yaxshilash yo‘nalishida:
▪️ Boquvchisini yo‘qotgan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar hamda nafaqalarni rasmiylashtirishda ko‘maklashildi;
▪️ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamlarning o‘z vaqtida yetkazilishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.
📌 Xulosa: “Gulsaroy” mahallasida III chorak davomida aholi murojaatlari bilan ishlash, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyani kuchaytirish borasidagi ishlar “Mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligi asosida olib borildi.