Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“XASTIMOM” MAHALLASIDA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA KASB-HUNARGA O‘RGATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLINING 9 OYLIK HISOBOTI: MUAMMOLAR, BANDLIK VA IJTIMOIY HIMOYA
янв.21
ONA TILI — MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS TIMSOLI
янв.21
YUQORI BESHQO‘RG‘ON MAHALLASI RAISINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Kunlik_ish_reja_ijrosi #biriktirilgan_tashkilot #Qonunlar_ijrosi #Deputatlik_nazorati

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 18-“Olmazor” saylov okrugidan saylangan deputat Xo‘jaqulov Xurram Ziyatovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi I.Roziqov tomonidan “Ekraz” mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi mahalladagi hokim yordamchisining faoliyatini o‘rganish, unga yuklatilgan vazifalar ijrosi holatini tahlil qilish hamda aholini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini baholashdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolar bandligini ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda aholi uchun yangi daromad manbalarini yaratish yo‘nalishlaridagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘rganish ishlari maxsus savolnoma asosida tashkil etilib, amaldagi qonunchilik hujjatlari ijrosi, deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan vazifalar hamda Kengash tomonidan taqdim etilgan tavsiyalarning bajarilish holati atroflicha tahlil qilindi.

Jumladan, tegishli yo‘nalishlar doirasida 162 ta qonunchilik hujjati va 24 ta tavsiyaning ijrosi yuzasidan monitoring olib borildi. Jarayonda belgilangan vazifalarning bajarilishi, amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari o‘rganildi.

Bundan tashqari, hokim yordamchisining aholi bilan ishlash samaradorligi, fuqarolarning bandligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslari hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirish borasidagi faoliyati yuzasidan tegishli tahlillar olib borildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash, Kengash tomonidan berilgan tavsiyalar bajarilishini kuchaytirish hamda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tahliliy xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish belgilandi.

Deputatlik nazoratining mazkur tadbiri mahallada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni takomillashtirish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5