Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
24 USTUVOR YO‘NALISH: ZAMONDOSH MFYDA YANGI MAHALLA BINOSI QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 130-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Olmazor tumani Umid MFYdagi Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“GULZOR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR SARHISOB QILINDI
янв.21
130-sonli DMTTning Oshxona foaliyati o‘rganildi
2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI

 2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva boshchiligida hamda 28-«Chimboy» saylov okrugi deputati Ma’rufjon Mirzamaxmudov ishtirokida Olmazor tumanidagi 224-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida 2026–2027-o‘quv yilida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, o‘quvchilarning bilim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim sifati va yosh avlodning har tomonlama kamol topishiga qaratilgan ishlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Uchrashuvda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqjonova va tuman maktabgacha va maktab bo‘limi vakillari hamda maktab ma'muriyati ishtirok etdi.

💬 Shuningdek, o‘quvchilar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari, qiziqishlari va takliflariga e’tibor qaratildi. Yoshlarning sifatli ta’lim olishi, huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ma’naviy-axloqiy tarbiyasini mustahkamlash hamda maktabda sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

⚖️ Qonunlar ijrosi — deputatlik nazorati diqqat markazida

Mazkur o‘rganish doirasida quyidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va tegishli normalari ijrosiga e’tibor qaratildi:

▪️ O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘RQ–637, 2020-yil 23-sentabr) — ta’lim olish huquqi, ta’lim sifati va ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari;

▪️ «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–901, 2024-yil 1-fevral) — pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari va kasbiy faoliyatini amalga oshirish kafolatlari;

▪️ «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun — bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ta’lim olishi va kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash masalalari.

🤝 Deputatlik nazorati doirasida ta’lim muassasasi faoliyatini o‘rganish, qonunchilik talablarining bajarilishiga e’tibor qaratish hamda aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.

📌 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi tomonidan ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish, yosh avlod uchun munosib ta’lim-tarbiya sharoitlarini yaratishga ko‘maklashish va qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish ishlari izchil davom ettiriladi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 10