Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA KASB-HUNARGA O‘RGATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLINING 9 OYLIK HISOBOTI: MUAMMOLAR, BANDLIK VA IJTIMOIY HIMOYA
янв.21
ONA TILI — MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS TIMSOLI
янв.21
YUQORI BESHQO‘RG‘ON MAHALLASI RAISINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
DEPUTATLIK NAZORATI: AHOLIGA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH MASALALARI TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Usmonov, tuman Kengashi deputati U. Qo‘qonov hamda tuman Kengashi huzurida tashkil etilgan ekspert guruhi a’zolari tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilgan “Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati to‘g‘risida”gi masala yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, tibbiyot muassasasida shifokor va boshqa tibbiyot xodimlari bilan ta’minlanganlik holati, mavjud tibbiy jihozlarning ahvoli hamda ulardan foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aholiga bepul berilishi belgilangan dori vositalarining ta’minoti va bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar masalalariga e’tibor qaratildi.

Dori vositalari bilan ta’minlash masalasi doirasida aholiga bepul beriladigan dori-darmonlarning mavjudligi va ularning bemorlarga yetkazib berilishi bilan bog‘liq holatlar o‘rganildi. Mazkur yo‘nalishda belgilangan tartib va talablarning bajarilishi, fuqarolarning zarur dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Kadrlar va tibbiy jihozlar ta’minoti yuzasidan muassasada shifokorlar yetarliligi, tibbiy xizmatni tashkil etish uchun zarur mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj hamda mavjud tibbiy jihozlarning holati o‘rganildi. Ushbu omillarning aholiga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish, davolash va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Bemorlar murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishida fuqarolarning tibbiy xizmat sifati, tibbiyot xodimlari faoliyati va muassasada yaratilgan sharoitlarga doir murojaatlarini ko‘rib chiqish masalalari ham o‘rganish doirasiga kiritildi. Bemorlarning murojaatlari bilan tizimli ishlash, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan choralarni belgilash muhimligi qayd etildi.

O‘tkazilgan o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — sessiya muhokamasiga kiritilgan masala yuzasidan holatni har tomonlama tahlil qilish, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonidagi muhim jihatlarni aniqlash hamda aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlashga qaratilgan taklif va tavsiyalarni shakllantirishdan iborat.

Slide 1 of 2