Tumanda raqamli texnologiyalar rivoji deputatlik nazoratiga olindi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablarining tumanda ijro etilishi holati muhokama qilindi.
📌 Yig‘ilishda doimiy komissiya raisi D. Dusmuratov boshchiligida tumanda raqamli texnologiyalar va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, aholiga sifatli internet, mobil aloqa va raqamli xizmatlar ko‘rsatish holatiga e’tibor qaratildi.
🔎 Jumladan:
aholi punktlarida internet va mobil aloqa qamrovi;
internet tezligi va xizmatlar sifati;
olis va chekka hududlardagi aloqa muammolari;
optik tolali tarmoqlarni kengaytirish;
elektron va raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari;
aholining raqamli savodxonligini oshirish;
davlat tashkilotlarida elektron hujjat aylanishi va axborot tizimlaridan foydalanish holati o‘rganilishi belgilandi.
👥 Yig‘ilish yakunida tumanda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha mavjud muammolarni mahallalar kesimida aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
📋 Shu maqsadda ishchi guruh tarkibi va o‘rganish savolnomasi tasdiqlandi. Deputatlarga o‘z saylov okruglarida internet va mobil aloqa sifati, raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda ijtimoiy obyektlardagi telekommunikatsiya xizmatlari holatini o‘rganish tavsiya etildi.
📨 O‘rganishlar davomida aniqlangan tizimli muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritilishi, ularning ijrosi esa doimiy komissiya tomonidan nazorat qilib borilishi belgilandi.
🟢 Qaror 2026-yil 7-oktabr kuni DKQ 03-02/159-26-son bilan qabul qilindi.