Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli qo‘mitasi raisi A.Agzamxo‘jayev ishtirokida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi faol nuroniylar, yoshlar hamda tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida hududni yanada rivojlantirish, aholining taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilarining tuman taraqqiyoti, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yaxshilash, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan taklif va tashabbuslari tinglandi.

Muloqot ochiq, samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar.

Slide 1 of 7