Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

TURIZMNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA LOYIHALAR KO‘RIB CHIQILDI

Tashrif doirasida M-39 avtomagistral yo‘li bo‘yida joylashgan “Oqoltin qovun bozori” hududiga tashrif buyurilib, mazkur hududda turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar ko‘rib chiqildi.

Tashrifda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitasi raisi A.Agzamxo‘jayev, Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati — Oqoltin tuman hokimi X.Suvonov, Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi raisi Sh.Eshbayev, deputatlar M.Sulaymonov hamda Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati E.Babayevlar ishtirok etdi.

Hududning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.

Slide 1 of 4