Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA KASB-HUNARGA O‘RGATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLINING 9 OYLIK HISOBOTI: MUAMMOLAR, BANDLIK VA IJTIMOIY HIMOYA
янв.21
ONA TILI — MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS TIMSOLI
янв.21
YUQORI BESHQO‘RG‘ON MAHALLASI RAISINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
“Yangiobod” mahallasidagi tikuvchilik sexi faoliyati o‘rganildi

“Yangiobod” mahallasidagi tikuvchilik sexi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov tomonidan “Yangiobod” mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan tikuvchilik sexi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi bandligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini baholash maqsadida tashkil etildi.

O‘rganish davomida korxonada ishlab chiqarish jarayoni, yaratilgan mehnat sharoitlari, xodimlar bandligi, mavjud ish o‘rinlari, mahsulot ishlab chiqarish hajmi hamda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ishlab chiqarishni kengaytirish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan korxona rahbari bilan muloqot o‘tkazildi.

O‘rganish yakunida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish va yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4