Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLAR YECHIMI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR SARHISOB QILINDI
янв.21
CHIMBOY MFY HUDUDIDAGI 224-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA PREZIDENT FARMONI IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
AHOLI EHTIYOJLARI O‘RGANILDI: BOZORDAGI NARX, SIFAT VA MAHSULOTLAR MAVJUDLIGI NAZORATDA

Aholini kundalik hayot uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli darajada ta’minlash, ularning narxi va sifatini kuzatib borish hamda iste’molchilar uchun munosib sharoit yaratish muhim vazifalardan biridir.
🇺🇿 Shu maqsadda Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 12-“O‘choq” saylov okrugidan saylangan deputat Xikmatova Marxabo Sulxonberdi qizi tomonidan Markaziy dehqon bozorida navbatdagi jamoatchilik nazorati tadbiri tashkil etildi.
Tadbir “Parkent dehqon bozori” MChJ direktor o‘rinbosari Tojiboyev Botir O‘ktamovich bilan hamkorlikda o‘tkazilib, bozordagi mavjud holat bevosita o‘rganildi.
✅ Nazorat davomida quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:
savdo nuqtalarining ishlash tartibi va faoliyati;
bozor hududining tozaligi va obodonligi;
mahsulotlarni saqlash hamda realizatsiya qilish sharoitlari;
belgilangan savdo talablariga amal qilinishi;
tadbirkor va sotuvchilarning faoliyati;
xaridorlar uchun mavjud shart-sharoitlar;
ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati.
Ayniqsa, kundalik dasturxonda zarur bo‘ladigan oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari, sifati va bozorda yetarli miqdorda mavjudligi masalasi alohida ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, aholiga nisbatan hamyonbop narxlarda mahsulotlar taklif etishga qaratilgan “Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi” faoliyati ham nazoratdan o‘tkazildi.
Yarmarkada go‘sht, guruch, piyoz, sabzi, kartoshka va boshqa zarur mahsulotlarning narxi, sifati, mavjudligi hamda aholiga qulay narxlarda sotilayotgani yuzasidan o‘rganish olib borildi.
✅ Nazorat tadbiri davomida bozor ma’muriyati, sotuvchilar, tadbirkorlar va xaridorlar bilan suhbatlar tashkil etildi. Fuqarolarning mahsulotlar narxi va sifati, savdo xizmatlari, muomala madaniyati hamda bozor sharoitlari bo‘yicha bildirgan fikrlari eshitildi.
✅ Sotuvchilar va tadbirkorlarga quyidagi masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi:
🔹 narxlarni sun’iy va asossiz ravishda oshirmaslik;
🔹 oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash;
🔹 sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish;
🔹 xaridorlarga madaniyatli va sifatli xizmat ko‘rsatish;
🔹 savdo faoliyatiga oid belgilangan talablarni bajarish.
🟢 O‘rganish natijasida bozorda narxlar barqarorligini saqlash, aholiga sifatli va maqbul narxlardagi mahsulotlarni taklif etish, xaridorlar uchun qulay muhitni yaxshilash hamda sanitariya talablariga rioya etilishini ta’minlash masalalari muhim yo‘nalish sifatida belgilandi.
Aholining murojaat va takliflarini joyida o‘rganish, ijtimoiy ahamiyatga ega masalalarga amaliy yechim topish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan jamoatchilik nazorati tadbirlari tuman Kengashining ish rejasi asosida davom ettiriladi.
⚠️ Aholi manfaatlari — doimiy e’tiborda!

Slide 1 of 6