YANGI SAYLANGAN DEPUTATLARGA DEPUTATLIK GUVOHNOMASI VA KO‘KRAK NISHONLARI TOPSHIRILDI
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylangan yangi deputatlarga deputatlik guvohnomasi hamda ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur tadbir yangi saylangan deputatlarning mahalliy Kengashdagi vakolatlarini amalga oshirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Yangi deputatlarga xalq manfaatlarini munosib himoya qilish, hudud rivojiga o‘z hissasini qo‘shish hamda kelgusidagi mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaymiz!
Xalq manfaatlari — oliy maqsad!