Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA KASB-HUNARGA O‘RGATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLINING 9 OYLIK HISOBOTI: MUAMMOLAR, BANDLIK VA IJTIMOIY HIMOYA
янв.21
ONA TILI — MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS TIMSOLI
янв.21
YUQORI BESHQO‘RG‘ON MAHALLASI RAISINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
📌 Hududda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish — deputatlar nazoratida

Aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va ehtiyojmand oilalarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich, kotibiyat bosh mutaxassisi Ruzmetov Umrbek Shavkatovich hamda
15-Taraqqiyot saylov okrugi deputati Yakubov To‘lqin Sa’dullayevich tomonidan Xitoy mahallasida o‘rganish ishlari olib borilib, aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqotlar davomida ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, aholi daromadlarini oshirish va mahalla infratuzilmasini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📊 Xitoy mahallasida quyidagi aniq vazifalar belgilandi:
·         17 ta oilaga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish;
·         57 nafar fuqaroni bandlik bilan ta’minlash;
·         5 nafar fuqaroning ta’lim bilan bog‘liq muammolarini hal etish;
·         56 nafar fuqaroning tibbiy xizmatlardan foydalanishini ta’minlash;
·         85 nafar ishsiz fuqaro bilan bandlik masalasida manzilli ishlash;
·         xorijda bo‘lib turgan 355 nafar fuqaro bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish;
·         “Ochiq budjet”ning 1-mavsumi doirasida Istiqbol va Yoshlar ko‘chalarining 2,3 km qismida amalga oshirilgan asfaltlash ishlarini nazorat qilish.
🤝 Belgilangan vazifalar ijrosi deputat va “mahalla yettiligi” hamkorligida manzilli ravishda tashkil etilmoqda.
Maqsad aniq: har bir xonadonga kirib borish, muammoni aniqlash va uning yechimiga amaliy ko‘mak berish.
Aholi farovonligini oshirish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar deputatlik nazorati ostida davom etadi.

Slide 1 of 5