Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA KASB-HUNARGA O‘RGATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLINING 9 OYLIK HISOBOTI: MUAMMOLAR, BANDLIK VA IJTIMOIY HIMOYA
янв.21
ONA TILI — MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS TIMSOLI
янв.21
YUQORI BESHQO‘RG‘ON MAHALLASI RAISINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Aholi murojaatiga asosan mahalladan chiqindi olib chiqib ketish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “Baymurzayev” mahallasidan aholining qattiq maishiy chiqindilarini olib chiqib ketish ishlarining sifati o‘rganildi.

🟢O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki ko‘chalar, yo‘l yoqalari, chorrahalar hamda ayrim xonadonlar darvozalari oldida maishiy chiqindilar to‘planib qolganligi aniqlandi. Bu holat mahalla hududining sanitariya va obodonlashtirish holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani, shuningdek, aholi uchun qator noqulayliklar tug‘dirayotgani qayd etildi.

🟢Mahalla aholisi bilan o‘tkazilgan muloqotlar davomida qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketuvchi maxsus texnikalar so‘nggi ikki haftadan buyon hududga kelmayotganligi yuzasidan e’tiroz va murojaatlar bildirildi. Aholining ta’kidlashicha, chiqindilar belgilangan muddatlarda olib chiqib ketilmagani sababli ko‘cha va xonadonlar atrofida chiqindi uyumlari ko‘payib bormoqda.

🟢Deputat tomonidan mazkur holat joyiga chiqib o‘rganilib, chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari belgilangan jadval asosida tashkil etilishi, maxsus texnikalarning mahalla hududiga muntazam jalb qilinishi hamda to‘planib qolgan chiqindilarni zudlik bilan olib chiqib ketish zarurligiga e’tibor qaratilib, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatini ko‘rsatuvchi “Rahnamo Servis” MChJ rahbariyatiga xizmatlar sifatini yaxshilash, aholining haqli e’tirozlarini inobatga olish va kelgusida bunday holatlarning takrorlanishining oldini olish bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 6