Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA KASB-HUNARGA O‘RGATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLINING 9 OYLIK HISOBOTI: MUAMMOLAR, BANDLIK VA IJTIMOIY HIMOYA
янв.21
ONA TILI — MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS TIMSOLI
янв.21
YUQORI BESHQO‘RG‘ON MAHALLASI RAISINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Ichki yo‘llarning ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan tumanning “Dadaboyev” mahallasida 2026-yil 1-mavsum “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib deb topilgan uzunligi 4125 m ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari natijalari “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida mahalla hududida “asfaltlangan ichki yo‘l holati bevosita joyida ko‘zdan kechirildi. Yo‘l qoplamasining umumiy holati, tekisligi, asfaltning sifati, yo‘l chetlarining tartibga keltirilganligi hamda transport vositalari harakati uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.

🔺Shuningdek, asfaltlashtirish ishlari natijasida aholi xonadonlariga olib boruvchi ichki yo‘llarning holati yaxshilangani, fuqarolarning kundalik qatnovi uchun qulayliklar yaratilgani qayd etildi. Ilgari ta’mirtalab bo‘lgan yo‘lning asfaltlanishi mahallada transport harakati, piyodalar qatnovi va aholining kundalik ehtiyojlari uchun muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

🔺Shu bilan birga, asfaltlangan yo‘ldan foydalanishda uning yaxlitligi va sifatini saqlash, og‘ir yuk tashuvchi transport vositalarining harakatini nazorat qilish, yo‘l qoplamasiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2