Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA KASB-HUNARGA O‘RGATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLINING 9 OYLIK HISOBOTI: MUAMMOLAR, BANDLIK VA IJTIMOIY HIMOYA
янв.21
ONA TILI — MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS TIMSOLI
янв.21
YUQORI BESHQO‘RG‘ON MAHALLASI RAISINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Abdixayomova tomonidan tumanning “Aydarali” mahallasi bo‘yicha hokim yordamchisi Q.Nurmamatovning aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni o‘zini o‘zi band qilishga ko‘maklashish hamda ularni imtiyozli kreditlardan foydalanishga yo‘naltirish borasidagi faoliyati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida mahallada mehnatga layoqatli, ammo doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Hokim yordamchisi tomonidan aholining qiziqish va imkoniyatlarini o‘rganish, ularga mos daromadli mehnat turlarini tanlash hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🔺Shuningdek, o‘z biznesini boshlash yoki faoliyatini kengaytirish istagida bo‘lgan aholi vakillariga imtiyozli kreditlar haqida ma’lumot berish, kredit olish shartlari, talab etiladigan hujjatlar, mablag‘dan maqsadli foydalanish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibini tushuntirish masalalari o‘rganildi.

🔺Deputat tomonidan imtiyozli kreditlar haqidagi ma’lumotlar aholiga faqat umumiy tarzda emas, balki har bir fuqaroning rejasi va imkoniyatidan kelib chiqqan holda yetkazilishi muhimligi ta’kidlandi. Kredit olish istagida bo‘lgan fuqarolarga biznes g‘oyasini shakllantirish, zarur hisob-kitoblarni amalga oshirish va tegishli tashkilotlarga murojaat qilish jarayonida amaliy ko‘mak ko‘rsatish zarurligi qayd etildi.

🔺Deputat tomonidan hokim yordamchisiga mahalladagi ishsiz va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolarni qayta xatlovdan o‘tkazib, har bir xonadon kesimida aniq reja asosida ishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1