XALQ DEPUTATLARI OLMAZOR TUMANI KENGASHI DEPUTATI “MEHNAT FAXRIYSI” KO‘KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI
XALQ DEPUTATLARI OLMAZOR TUMANI KENGASHI DEPUTATI “MEHNAT FAXRIYSI” KO‘KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI
🇺🇿 Muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizni munosib rag‘batlantirish va ularning xizmatlarini e’tirof etishga qaratilayotgan yuksak e’tibor
o‘zining amaliy ifodasini topmoqda.
🎊 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ko‘p yillik halol va fidokorona mehnati, jamoat hayotidagi faol ishtiroki hamda el-yurt ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari e’tirof etildi.
⚡️Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Nazarov To‘rabek Tursunovich ko‘p yillik samarali mehnati uchun “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
✅ Mazkur yuksak e’tirof deputatning ko‘p yillik mehnat faoliyati va jamiyat rivojiga qo‘shib kelayotgan munosib hissasining amaliy ifodasidir.
🏢 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi jamoasi nomidan Nazarov To‘rabek Tursunovichni ushbu munosib mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz. U kishiga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, mas’uliyatli faoliyatida ulkan zafarlar va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!