35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
"GULSAROY" MAHALLA HUDUDLARIDA MANZILLI O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Shopotixov ishtirokida Olmazor tuman “Maxsustrans” filialida olib borilayotgan ishlar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
QICHQIRIQ MAHALLALA HUDUDIDAGI 432-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TASHKILOTIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
QICHQIRIQ VA GULSAROY MAHALLALARIDA MANZILLI O‘RGANISH VA DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI
янв.21
OLMAZOR TUMANI OBODONLASHTIRISH BOSHQARMASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
ONA SUTI BILAN OZIQLANTIRISHNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA GO‘DAKLAR HAMDA KICHIK YOSHDAGI BOLALAR OZIQLANISHINI HIMOYA QILISH
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sanitariya-gigiyena talablari va ovqatlanish sharoitlari yuzasidan Deputatlik nazorati
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
“Gulzor” saylov okrugida sport inshootlari va bolalar maydonchasi o‘rganildi
янв.21
BOLALAR UCHUN YARATILGAN YASHIL HUDUD VA HAYVONOT BOG‘I O‘RGANILDI
"GULSAROY" MAHALLA HUDUDLARIDA MANZILLI O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
 "GULSAROY" MAHALLA HUDUDLARIDA MANZILLI O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

📍 Olmazor tumanida hududlarni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish hamda fuqarolarning murojaat va takliflarini o‘rganishga qaratilgan manzilli ishlar davom etmoqda.

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, senator Gulnora Marufova boshchiligida Kengash deputatlari ishtirokida “Qichqiriq” va “Gulsaroy” mahallalarida manzilli o‘rganish ishlari hamda deputatlik nazorati amalga oshirildi.

💡 O‘rganishlar davomida hududlarda aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, obodonlashtirish ishlari, mavjud muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.

🔎 Shuningdek, Gulsaroy MFYdagi uy boshqaruvchisi F.Axunova, shuningdek, mazkur hududda faoliyat yuritayotgan “Bozorcha” ma’muriyati va xodimlari bilan suhbatlashilib, hududdagi mavjud sharoitlar, aholi takliflari va yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

🗣 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, hududdagi sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan zarur choralar belgilandi.

🏗 Shuningdek, Gulsaroy ko‘chasida amalga oshirilayotgan kapital ta’mirlash va infratuzilmani yangilash ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.

Loyiha doirasida:


🔹 18 000 m² asfalt-beton qoplamasi yotqizilmoqda;
🔹 1 400 m² piyodalar yo‘lagi barpo etilmoqda;
🔹 avtomobil yo‘li uchun 46 ta, piyodalar hududi uchun 36 ta yoritish tayanchi o‘rnatilmoqda;
🔹 6 ta svetofor obyekti hamda zarur yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda;
🔹 yashil hududlar atrofida 1 500 metr panjara va 1 500 metr sug‘orish tizimi barpo etilmoqda;
🔹 280 tup manzarali daraxt va butalar ekilmoqda;
🔹 aholining hordiq chiqarishi uchun 25 ta zamonaviy o‘rindiq o‘rnatilmoqda.

👥 Tashrifda Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlari S.Yaxyayeva, I.Sagdullayev, M.Hamroqulov, Olmazor tumani hokimining innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O.Yunusov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Sh.Nosirov, Olmazor tumani hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati
masalalari bo‘yicha maslahatchisi 2-darajali davlat xizmatchisi V.Talibdjanov, XDP Olmazor tumani Kengashi raisi X. Xamidov hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda aholining taklif va murojaatlarini amaliy hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

✍️ Asosiy maqsad — aholi manfaatlarini ta’minlash, hududlarda zamonaviy infratuzilma va qulay yashash sharoitlarini yaratish hamda muammolarni manzilli hal etish.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 9