24 tavsiya asosida hududlarda aholi bilan muloqot qilish, mavjud masalalarni o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Xojiakbar Xolmatov tomonidan Sarvotepa MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
Tashrif davomida mahalla raisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi mavjud holat, aholini qiynayotgan masalalar hamda mahallani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar davom ettiriladi.