Fuqarolar manfaatlari davlat muhofazasida
O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–415) ijrosi doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Xamrayev hamda Sariosiyo mahallasi raisi N. Xujmatov tomonidan fuqaro Eshonqulov Obloqul xonadonida energiya tejamkorligi tamoyillari asosida amalga oshirilayotgan ta'mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.
Tashrif davomida olib borilayotgan ishlar o‘rganilib, ularni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.