⭕️Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yil 14-maydagi DXQ-03-01-/44-26-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-763-sonli Qonuni ijrosidan o‘rganish davom etmoqda.
⭕️Bugun ishchi guruh Asakabank filialida bo‘lib, mazkur qonun ijrosi, muammoli kreditlar bilan ishlash, qarzdorliklarni undirish hamda to‘lovga qobiliyatsizlik holatlarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
⭕️Shuningdek, mas’ullar bilan sohaga oid mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.
⭕️O‘rganish ishlari davom etmoqda.