Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengash raisi tomonidan mahallalardagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengash raisi tomonidan mahallalardagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari o‘rganildi
⚡️ Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva tomonidan Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida hududdagi mahallalarda mavjud sport inshootlari, bolalar maydonchalari hamda sport anjomlarining mavjudligi, ularning texnik holati va foydalanish darajasini o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring ishlari amalga oshirilmoqda.
🗓 O‘rganishlar davomida aholi, ayniqsa yoshlar va bolalarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport maydonchalarining sanitariya va xavfsizlik talablariga muvofiqligi, mavjud trenajyor va sport jihozlarining yaroqlilik darajasi, shuningdek, ta’mirtalab va yangidan jihozlanishi zarur bo‘lgan obyektlar holati atroflicha tahlil qilindi.
📈 Shuningdek, ayrim mahallalarda sport maydonchalari va anjomlarining eskirgani, yoritish tizimi hamda obodonlashtirish bilan bog‘liq kamchiliklar mavjudligi aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritish hamda masalalarni doimiy nazoratga olish belgilandi.
🔖 Mazkur o‘rganishlar aholi, ayniqsa yosh avlodning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ommaviy sportni rivojlantirish hamda mahallalarda zamonaviy va xavfsiz sport infratuzilmasini shakllantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqilib, ularning ijrosi deputatlik nazorati ostida olib borilishi ta’minlanadi.