Xalq deputatlari deputati J.Ochilov hamda tuman hokimi maslahatchisi O.Norimova tomonidan tumandagi Po‘lathi MFYsida O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi Qonun ijrosi hamda mazkur sohada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘inida ish yuritish hujjatlarining davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi, hujjatlarning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi va davlat tiliga oid me’yorlarga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va tushuntirishlar berilib, davlat tilining nufuzi va mavqeini yanada oshirish, ish yuritishda adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilish zarurligi ta’kidlandi.