#162_ta_qonun
🏛 Qonun ijrosi – deputat e’tiborida
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati A.Pardayev tomonidan Bandixon tumani G‘aznachilik xizmati bo‘limida navbatdagi targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.
✅Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-684-son Qonunining mazmun-mohiyati, qonunda belgilangan asosiy talablar hamda uning amaliyotdagi o‘rni yuzasidan mutaxassislar bilan fikr almashildi.
✅Muloqot jarayonida davlat xaridlarini qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish hamda mas’uliyatni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
✅Bunday uchrashuvlar qonunchilik hujjatlarining mazmunini keng jamoatchilik va mutaxassislarga yetkazish, ularning huquqiy bilimini oshirishga xizmat qiladi.