Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Bugun 30-iyun — O‘zbekistonda «Yoshlar kuni»
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining 28-Chimboy saylov okrugidan saylangan deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi munosabati bilan hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda fuqarolar murojaatlarini tinglash maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Hudud muammolari joyida ko‘rib chiqilib, tizimli yechimlar belgilandi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Sh.Umarxodjayeva "Shodiyona" MFY hududidagi 94-DMTT muassasida bo'ldi.
янв.21
Olmazor tumanidagi "G‘alaba" MFY hududidagi Deputat “DREAM IMPEX GROUP” MCHJ faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi delegatsiyasi Kogon shahar Kengashi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva 242-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengash raisi tomonidan mahallalardagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi “Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosini o‘rganmoqda
#Huquqiy_axborot_soati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF–28-sonli “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mamlakatimizda mahalliy davlat hokimiyati tizimini yanada takomillashtirish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining roli va ta’sirini kuchaytirishga qaratilgan muhim huquqiy hujjat hisoblanadi.

💬 Farmonning maqsad va mazmun-mohiyati

🟢So‘nggi yillarda mamlakatimizda mahalliy Kengashlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish hamda davlat organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish borasidagi vakolatlari kengaytirildi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq mahalliy Kengash raisi va hokim lavozimlarining ajratilgani mahalliy darajada hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi.

🟢Mazkur Farmonning asosiy maqsadi – mahalliy davlat hokimiyatining yangi konstitutsiyaviy modelini to‘liq joriy etish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘rnini kuchaytirish hamda mahalliy ijro hokimiyati organlarining aholi manfaatlariga xizmat qilishini ta’minlashdan iborat.

🟢Farmonda mahalliy davlat hokimiyati tizimi faoliyatini tashkil etishning bir qator muhim prinsiplari belgilab berilgan:

▶️mahalliy Kengashlarga vazifa va funksiyalar faqat qonun hujjatlari bilan yuklanishi;
▶️davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mahalliy Kengashlar faoliyatiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi;
▶️mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari vakolatlarining aniq chegaralanishi;
▶️mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida tashkil etish;
▶️mahalliy Kengashlar mustaqilligi va ta’sirchanligini ta’minlash.

💬 Farmon bilan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining vakolatlari yanada kengaytirilmoqda. Jumladan:

🟢ta’lim muassasalarini tashkil etish va qayta tashkil etish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
🟢ekologik xavfsizlikka oid muhim qarorlarni ko‘rib chiqish;
🟢shaharsozlik va infratuzilma ob’ektlarini joylashtirish masalalarini hal qilish;
🟢aholi bandligi, transport, suv ta’minoti va kommunal xizmatlarga oid ayrim vakolatlarni amalga oshirish;
🟢investitsiya faoliyati sohasida eshituvlar tashkil etish;
🟢hududiy dasturlar va ekologik loyihalarni tasdiqlash kabi qator vazifalarni bajarish nazarda tutilgan.

💬Shuningdek, mahalliy Kengashlar tomonidan ichki ishlar, prokuratura, adliya, sog‘liqni saqlash, yoshlar siyosati, iqtisodiyot va tadbirkorlik sohalaridagi mutasaddi rahbarlarning hisobotlarini muntazam eshitish va baholash tizimi takomillashtirilmoqda.