Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Hudud muammolari joyida ko‘rib chiqilib, tizimli yechimlar belgilandi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Sh.Umarxodjayeva "Shodiyona" MFY hududidagi 94-DMTT muassasida bo'ldi.
янв.21
Olmazor tumanidagi "G‘alaba" MFY hududidagi Deputat “DREAM IMPEX GROUP” MCHJ faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi delegatsiyasi Kogon shahar Kengashi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva 242-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengash raisi tomonidan mahallalardagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi “Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosini o‘rganmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati T.Shomansurov, O‘zLiDeP partiyasi Olmazor tuman Kengashi xodimi Sh.Inaganova hamda Yoshlik mahalla fuqarolar yig‘ini raisi K.Qo'chqorov ishtirokida Yoshlik MFY hududida aholi murojaatlarini o‘rganish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Qurilish Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya sanoat va transport masalalari bo‘yicha hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
Qo‘qon shahridagi “Muqimiy” bog‘ida ekologik reyd: Deputatlar va jamoatchilik qat’iy savolnoma asosida o‘rganish o‘tkazdi

Qo‘qon shahar “Muqimiy” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hududida O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Ekologik nazorat to‘g‘risida” hamda “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari va jamoatchilik faollaridan iborat ishchi guruh tomonidan tizimli o‘rganish tashkil etildi.

Bu galgi nazorat tadbiri shunchaki ko‘zdan kechirish emas, balki 4 ta yo‘nalish va 12 ta qat’iy banddan iborat maxsus ekologik savolnoma asosida amalga oshirildi.

Ishchi guruh nimalarni aniqladi va o‘rgandi?

Daraxtlar va o‘simlik dunyosi muhofazasi:
Bog‘dagi daraxtlarning raqamli xatlovi (elektron bazasi) holati va ularning davlat kadastriga kiritilishi ko‘rib chiqildi; Ko‘p yillik va nodir daraxtlarni zararkunandalardan himoya qilishda qo‘llanilayotgan kimyoviy vositalarning davlat ro‘yxatidan o‘tganlik darajasi hamda sug‘orish tizimlarining (artezian quduqlari, ariqlar) sozligi tekshirildi; Qurigan yoki yiqilish xavfi bo‘lgan daraxtlarni sanitar kesish ishlari Ekologiya vazirligining rasmiy xulosasisiz amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy belgilandi.

Istirohat bog‘idagi qurilishlar va tadbirkorlik:
Bog‘ hududida oxirgi yillarda qurilgan attraksionlar va yengil konstruksiyali savdo shoxobchalarining Davlat ekologik ekspertizasi xulosalari mavjudligi nazorat qilindi; Kafe va yo‘laklar qurish jarayonida daraxtlar atrofini betonlab yoki asfaltlab qo‘yish, ildiz tizimiga shikast yetkazish holatlari o‘rganilib, yashil maydonlar ulushining qisqarib ketmasligi talab qilindi.

Sanitariya, chiqindilar va shovqin nazorati:
Chiqindi qutilarining yetarliligi, chiqindilarni saralab yig‘ish va o‘z vaqtida olib chiqib ketish tizimi tahlil qilindi; Suv havzalari va favvoralar tozaligi, ularga oqova suvlar tushmasligi hamda attraksionlardan chiqayotgan shovqin darajasining sanitariya me’yorlariga mosligi ko‘zdan kechirildi.

Jamoatchilik nazorati va shaffoflik:
Bog‘dagi yashil hududlar bo‘yicha aholidan kelib tushgan murojaatlar yechimi va yirik ekologik o‘zgarishlarda mahalliy aholi hamda faollarning fikri inobatga olinishi tizimi baholandi.

Shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga berilgan qat’iy topshiriqlar:

Ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan shahar Obodonlashtirish boshqarmasi va bog‘ ma’muriyatiga quyidagi majburiy vazifalar yuklatildi:
Tizimli parvarish: Daraxtlarni agrotexnik talablar asosida sug‘orish va faqat sertifikatlangan vositalar bilan kimyoviy ishlov berishni yo‘lga qo‘yish;
Ekologik targ‘ibot: Dam oluvchilarning ekologik madaniyatini oshirish, bog‘ tozaligini saqlash va o‘simliklarni asrashga undovchi turli mazmundagi maxsus targ‘ibot va ogohlantiruvchi tablichkalarni (peshlavhalarni) tezkorlik bilan o‘rnatish;
Qonuniy choralar: Ekologik ekspertiza xulosasisiz va daraxtlar ildiziga shikast yetkazgan holda ishlayotgan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini qonuniy tartibga solish.

Muqimіy bog‘i — Qo‘qon shahrining yashil yuragidir. Uni asrash va kelgusi avlodga beziyon yetkazish barchamizning burchimiz. Ijro nazorati deputatlar va jamoatchilik tomonidan qat’iy kuzatib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5