35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Obod turmush” mahallasida “ hokim yordamchisi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati davomida "Guliston" mahallasidagi yana bir savdo do'koni faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va huquqiy targ‘ibot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
“Madaniyat” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI VA QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati,doimiy komissiya raisi Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan deputatlik nazorati doirasida Parkent tumani Axborot-kutubxona markazida amalga oshirilayotgan ishlar hamda O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.O‘rganish davomida markazning faoliyat yo‘nalishlari,mavjud kitob fondi, kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlarining sifati, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda qonun talablarining amaliy ijrosi bilan yaqindan tanishildi.Shuningdek, deputat tomonidan markaz mutaxassislariga qonun ijrosi yuzasidan bir qator savollar berildi. Jumladan, kitob fondini yangilash va boyitish ishlari, elektron kutubxona xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari, aholining, ayniqsa yoshlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, kitobxonlar murojaatlari bilan ishlash tartibi hamda axborot-kutubxona xizmatlari sifatini yanada oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan batafsil ma’lumotlar olindi.Muloqot davomida kutubxona fondida jami 66 ming 722 ta adabiyot mavjudligi, shundan 52 ming 937 tasini kitoblar tashkil etishi hamda markazda ro‘yxatdan o‘tgan kitobxonlar soni 9 ming 670 nafarga yetgani qayd etildi.Shu bilan birga, muassasa xodimlarining fikr va takliflari tinglanib, axborot-kutubxona markazi faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlar orasida kitobxonlikni keng ommalashtirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.O‘rganish yakunida qonun ijrosini yanada samarali ta’minlash, kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda markaz faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Slide 1 of 4