35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va huquqiy targ‘ibot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
“Madaniyat” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
“Bodomzor” mahallasida xotin-qizlar faolining faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi qarorlari ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
“Tashabbusli byudjet” loyihalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratida
Tuman hokimining deputatlik faoliyati

Muzrabot tumanida imkoniyati cheklangan bolalar uchun kunduzgi parvarish maskani foydalanishga topshirildi

Muzrabot tumani "Shaffof" mahallasida joylashgan "Aqilvoy Baby" MCHJ tomonidan 36 o‘rinli, imkoniyati cheklangan bolalar uchun mo‘ljallangan kunduzgi parvarish maskani tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Shodlik istirohat bog‘i hududida tashkil etilgan mazkur maskanning ochilish marosimida Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 21-«Guliston» saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Abdulla Mamatqulov, tuman prokurori Baxtiyor Berdimuratov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘olib Badalov, tuman Kengashi deputatlari, nuroniylar, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Abdulla Mamatqulov ochib berar ekan, mamlakatimizda Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, alohida e’tibor va g‘amxo‘rlikka muhtoj bo‘lgan bolalar uchun munosib sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, tumanda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirish borasidagi islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng ramziy lenta kesilib, yangi maskan rasman foydalanishga topshirildi. Mehmonlar bog‘chada bolajonlarning ta’lim olishi, dam olishi va sog‘lom rivojlanishi uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Xonalar zamonaviy jihozlar, didaktik vositalar va bolalarning ehtiyojlaridan kelib chiqib yaratilgan qulay infratuzilma bilan ta’minlangani alohida e’tirof etildi.

Tadbir davomida imkoniyati cheklangan bolajonlarga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning quvonchiga quvonch qo‘shildi. Tuman Kengashi deputatlari, nuroniylar va jamoatchilik vakillari ham yaratilgan sharoitlarni yuksak baholab, bunday ezgu tashabbus bolalarning kelajagi uchun muhim qadam ekanini ta’kidladilar.

Tantanali marosim yakunida mehmonlar uchun dasturxon yozilib, o‘zbekona mehmondo‘stlik ruhida osh tortildi. Tadbir samimiy suhbatlar, ezgu tilaklar va duolar bilan yakunlandi.

Slide 1 of 8