35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Obod turmush” mahallasida “ hokim yordamchisi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati davomida "Guliston" mahallasidagi yana bir savdo do'koni faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va huquqiy targ‘ibot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
“Madaniyat” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
DEHQON BOZORLARIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining 20-“Ulug‘bek” saylov okrugidan saylangan deputat Sultonov Azimjon O‘ktam o‘g‘li tomonidan deputatlik nazorati doirasida “Parkent dehqon bozori” MChJ ma’muriyati bilan hamkorlikda tumandagi dehqon bozorida jamoatchilik nazorati o‘tkazildi.Nazorat tadbiri davomida “Parkent dehqon bozori” MChJ direktor o‘rinbosari Tojiboyev Botir O‘ktamovich bilan bozor faoliyati yuzasidan atroflicha suhbatlashildi. Unda bugungi kunda bozorda 329 ta savdo rastasi faoliyat yuritayotgani, savdo rastalari uchun kunlik to‘lovlar CLIC ilovasi orqali onlayn tarzda amalga oshirilayotgani, bozor hududiga 18 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatilgani hamda to‘lovlar elektron tizim orqali nazorat qilinayotgani haqida ma’lumot berildi.O‘rganish jarayonida savdo rastalarining faoliyati,aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, sanitariya-gigiyena holati,mahsulotlarni saqlash sharoitlari, savdo qoidalariga rioya etilishi hamda xaridorlar uchun yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.Shuningdek, “Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi” faoliyatiga alohida e’tibor qaratilib, go‘sht, guruch, piyoz, sabzi, kartoshka va boshqa asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari, sifati hamda aholiga yetkazib berilishi holati o‘rganildi.Deputat tomonidan bozorda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan laboratoriya faoliyati ham o‘rganildi. Laboratoriyada mahsulotlarning belgilangan talablar asosida tekshirilishi, sifati va iste’molga yaroqliligi yuzasidan nazorat ishlari olib borilayotgani haqida ma’lumot olindi.Nazorat davomida tadbirkorlarga mahsulot narxlarini sun’iy ravishda oshirmaslik, aholiga sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini taklif etish, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilish, xaridorlarga xushmuomalalik bilan xizmat ko‘rsatish hamda bozor hududida tartib-intizomni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi. Ta’kidlanganidek,dehqon bozorlarida muntazam o‘tkazilayotgan jamoatchilik nazorati tadbirlari iste’mol bozorida narxlar barqarorligini ta’minlash, aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, tadbirkorlik subyektlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini oshirish hamda davlat organlari va jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 9