Oʻrganish davomida qarorga muvofiq Uzumzor mahallasidagi eski mahalla binosini mukammal taʼmirlash ishlari holati koʻzdan kechirildi. Bajarilgan ishlar, ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi hamda qurilish-taʼmirlash ishlarining sifati va amaldagi holati oʻrganildi.
Oʻrganish yakunida qaror ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash, ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Kengash qarorlari ijrosi doimiy nazoratda.