35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Obod turmush” mahallasida “ hokim yordamchisi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati davomida "Guliston" mahallasidagi yana bir savdo do'koni faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va huquqiy targ‘ibot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
“Madaniyat” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimlari tumandagi 23-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, yangi 2026–2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari, sinf xonalari, fan kabinetlari, axborot texnologiyalari xonalari, sport inshootlari hamda maktab hududining sanitariya holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, o‘quvchilarni sifatli
ta’lim olishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yangi o‘quv yilini uyushqoqlik bilan boshlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida ta’lim muassasasida ta’lim sifati va xavfsizligini ta’minlash, o‘quvchilar uchun qulay hamda zamonaviy o‘quv muhitini shakllantirish, obodonlashtirish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash muhimligi alohida ta’kidlandi. Tashrif yakunida mas’ullarga yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini o‘z vaqtida va yuqori sifat darajasida yakunlash, ta’lim muassasasida mavjud shart-sharoitlarni yanada yaxshilash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 6