35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va huquqiy targ‘ibot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
“Madaniyat” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
“Bodomzor” mahallasida xotin-qizlar faolining faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi qarorlari ijrosi deputatlik nazoratida
#Chinoz_tumani Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holat o'rganildi.



Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O'zMTDP partiyasidan 5-Paxtaobod saylov okrugidan saylangan deputat Surayyo Axmedova tumanda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida ma’lum bo‘lishicha, Chinoz tumanida turizm sohasini jadal rivojlantirish, sayyohlar uchun zamonaviy va qulay infratuzilma yaratish hamda xizmatlar sifatini oshirish maqsadida qator investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar doirasida dam olish maskanlarini barpo etish, turistik marshrutlarni takomillashtirish, avtomobil yo‘llari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, shuningdek, zamonaviy xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish ishlari izchil olib borilmoqda.
Bu borada “DAVRON BAXT QUSHI AVTO” mas’uliyati cheklangan jamiyatining faoliyati alohida e’tiborga loyiq. Korxona o‘z faoliyatini yaqinda boshlaganiga qaramasdan, bugungi kunda JAK rusumli 8 ta zamonaviy mikroavtobus orqali tuman aholisiga sifatli transport xizmati ko‘rsatib kelmoqda. Korxona yaqin istiqbolda yana 10 ta shunday mikroavtobus olib kelishni rejalashtirgan.

Loyihaning asosiy maqsadi ekoturizmni rivojlantirish, ichki turizm salohiyatini yanada oshirish hamda aholi va sayyohlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirishdan iborat. Shu bilan birga, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish va ekologik tozalikni ta’minlash g‘oyalarini keng targ‘ib etishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Investitsiya loyihalari natijasida yangi ish o‘rinlari ham yaratilmoqda. Xususan, mazkur korxonada hozirning o‘zida 12 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi. Mahalliy aholi, ayniqsa, mehnat qilish istagida bo‘lgan yoshlar ish bilan ta’minlanib, ularning bandligini oshirishga munosib hissa qo‘shilmoqda. Shuningdek, hududning turistik salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiluvchi zarur infratuzilma bosqichma-bosqich shakllantirilmoqda.

Turizm sohasiga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar hudud iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi, ichki va xorijiy sayyohlar oqimining ortishi, aholi bandligi hamda daromadlarining ko‘payishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Kelgusida ham yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali Chinoz tumanining turistik jozibadorligini yanada oshirish, uni mamlakatning istiqbolli turistik hududlaridan biriga aylantirish rejalashtirilgan.

Slide 1 of 4