35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Obod turmush” mahallasida “ hokim yordamchisi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati davomida "Guliston" mahallasidagi yana bir savdo do'koni faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va huquqiy targ‘ibot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
“Madaniyat” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
Deputat Luiza Hikmatova mahalla yettiligi bilan uchrashib, hududdagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Deputat Luiza Hikmatova mahalla yettiligi bilan uchrashib, hududdagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Luiza Hikmatova tomonidan Olmazor tumanidagi "Bo‘stonobod" mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi a’zolari, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim, soliq inspektori, mahalla raisi, mahalla faollari hamda aholi vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

🤝 Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan Prezidentimizning 2026-yil 1-apreldagi PQ–120-sonli "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarori, shuningdek, Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan pensiya tizimini isloh qilish hamda mahalla va yoqilg‘i-energetika sohasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishlarida belgilangan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

📝 Shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida tavsiya etilgan 24 ta ustuvor yo‘nalish hamda amaldagi qonunchilik talablari asosida mahalladagi mavjud holat kompleks tahlil qilindi.

🔺 Muloqot davomida aholini ijtimoiy himoya qilish, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi, ichki yo‘llar va ko‘chalarni yoritish, kommunal xizmatlar sifati, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, hududni obodonlashtirish hamda fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

📁 Mahalla faollari va fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar deputat Luiza Hikmatova tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularni tizimli hal etish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, davlat dasturlari ijrosini ta’minlash hamda zarur hollarda deputatlik nazorati doirasida tegishli choralarni ko‘rish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

💬 Tadbir yakunida deputatlar tomonidan mahalla taraqqiyoti, aholi farovonligini oshirish, davlat va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda hududdagi muammolarni manzilli hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

📉 Bunday ochiq muloqotlar mahallalarda mavjud muammolarni joyida o‘rganish, fuqarolar murojaatlariga tezkor yechim topish hamda deputatlik nazoratining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7