35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Obod turmush” mahallasida “ hokim yordamchisi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati davomida "Guliston" mahallasidagi yana bir savdo do'koni faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va huquqiy targ‘ibot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
“Madaniyat” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
#nazorat tadbiri

Olmaliq shahar “Toshkent” mahallasidagi ichki yo‘llarning holati joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.
Xalq deputatlari shahar Kengashining 24-okrug deputati Mardona Ergashovaning vakili sifatida shahar Kengashi Kotibiyati mudiri hamda bosh mutaxassis ishtirokida hududdagi haqiqiy ahvol ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida shahar “Suv ta’minoti” korxonasi mas’ullari tomonidan ichimlik yoki oqova suv quvurlarini ta’mirlash ishlari olib borilgani, biroq ish yakunlangach, kovlangan yo‘llar chala, sifatsiz yopib ketilgani aniqlandi va bu holat keskin tanqid qilindi.

Eng achinarlisi, bu kabi tartibsizlik va mas’uliyatsizlik nafaqat “Toshkent” mahallasida, balki bugungi kunda shahrimizning deyarli barcha hududlarida uchramoqda. Kommunal soha xodimlarining bir joyni tuzatib, ikkinchi joyni (aholi har kuni foydalanadigan yo‘llarni) xarob holatda tashlab ketishi fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Yo‘l — bu infratuzilmaning asosi, aholi kayfiyatini belgilovchi birlamchi omil. Mavjud kamchiliklarni shunchaki kuzatib turish mumkin emas.
✍️Mazkur masala yuzasidan shahar Kengashi deputati M.Ergashova tomonidan ijro hokimiyati vakillariga hamda mutasaddi tashkilot rahbarlariga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.

Deputatlik so‘rovida yo‘llarni qisqa muddatlarda qonuniy va xavfsiz tartibda tiklash, shuningdek, kelgusida bunday chala va sifatsiz ishlarga yo‘l qo‘ymaslik majburiyati qat’iy talab qilinadi.

Muammoning hal etilishi va natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Slide 1 of 3