35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Obod turmush” mahallasida “ hokim yordamchisi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati davomida "Guliston" mahallasidagi yana bir savdo do'koni faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va huquqiy targ‘ibot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
“Madaniyat” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
“Farxod” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar okrug hududiga qarashli “Farxod” mahallasida bo‘lib, aholi vakillari bilan bevosita suhbatlashdilar.
Uchrashuv davomida mahalla aholisi bilan hududdagi mavjud muammolar, kundalik hayotda uchrayotgan masalalar, ijtimoiy ehtiyojlar hamda hududni yanada obod va farovon qilish bilan bog‘liq takliflar yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur muloqot mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida tashkil etilib, belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi holati ham muhokama qilindi. Xususan, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, mahalla infratuzilmasini yaxshilash va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar diqqat bilan tinglanib, ularning har biri deputatning murojaatlar daftariga belgilangan tartibda qayd etildi. Murojaatlarni o‘rganish, masalalarning yechimini ta’minlash va zarur hollarda tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish belgilandi.
Bunday bevosita uchrashuvlar deputatning saylovchilar oldidagi mas’uliyatini yanada kuchaytirish, hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda murojaatlarning amaliy yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Saylovchi bilan muloqot — muammoni aniqlash, nazorat va amaliy yechim — deputatlik faoliyatining muhim mezonidir.

Slide 1 of 1