35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va huquqiy targ‘ibot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
“Madaniyat” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
“Bodomzor” mahallasida xotin-qizlar faolining faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi qarorlari ijrosi deputatlik nazoratida
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Yu.To'ychiyev tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan belgilangan tartibda rasmiy javob taqdim etildi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarda bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash hamda zo‘ravonlikning oldini olish borasida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berilgan.

Jumladan:
ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash va ularga vasiy hamda homiy tayinlash;
bolalarni ijtimoiy himoya qilish va psixologik hamda yuridik yordam ko‘rsatish;
oilaviy bolalar uylarini qo‘llab-quvvatlash;
zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarni himoya qilish hamda profilaktika tadbirlarini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yoritilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati tomonidan taqdim etilgan javobdagi ma’lumotlar o‘rganilib, bolalar manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqlarini ta’minlash hamda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan tegishli nazorat ishlari davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi