35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Obod turmush” mahallasida “ hokim yordamchisi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati davomida "Guliston" mahallasidagi yana bir savdo do'koni faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va huquqiy targ‘ibot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
“Madaniyat” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-“Istiqbol” saylov okrugidan saylangan deputat Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan jamoatchilik nazorati doirasida “Parkent dehqon bozori” MChJ xodimlari bilan hamkorlikda tuman Markaziy dehqon bozoridagi mavjud holat o‘rganildi. O‘rganishda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li ham ishtirok etdi.Nazorat tadbiri davomida, avvalo,bozorda aholiga taklif etilayotgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi, ularning barqarorligi hamda mahsulotlar aholiga maqbul va qulay narxlarda yetkazib berilishi holatiga e’tibor qaratildi. Jumladan, go‘sht, guruch, piyoz, sabzi, kartoshka va boshqa kundalik ehtiyoj uchun zarur mahsulotlarning amaldagi narxlari o‘rganildi.Shuningdek, deputat tomonidan bozorda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan mahsulotlarni tekshiruvchi laboratoriya faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi. Laboratoriyada mahsulotlarning belgilangan talablar asosida tekshirilishi, sifati va iste’molga yaroqliligi bo‘yicha nazorat ishlari olib borilishi yuzasidan ma’lumotlar olindi.O‘rganish davomida mavsum uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasining yaratilganlik holati ham ko‘zdan kechirildi. Bozorda aholining ehtiyojini uzluksiz ta’minlash uchun asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetarli miqdorda mavjudligi, ularning zaxirasi va savdoga chiqarilishi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.Bundan tashqari, “Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi” faoliyati ham o‘rganilib, unda aholiga ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan tartibda va qulay narxlarda taklif etilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.Jamoatchilik nazorati yakunida bozor ma’muriyati va tadbirkorlarga oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining asossiz oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, mahsulotlar sifatini muntazam nazorat qilib borish, zarur oziq-ovqat zaxiralarini shakllantirish hamda aholining sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini uzluksiz ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.Mazkur o‘rganishlar orqali aholining oziq-ovqat
mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash, bozorda narx-navoning barqarorligini saqlash, mahsulotlar sifati va xavfsizligini nazorat qilish hamda mavsumiy zaxiralarni shakllantirish bo‘yicha ishlarning samaradorligini
oshirishga qaratilgan jamoatchilik nazorati amalga oshirildi.
  

Slide 1 of 7